AsosiyJamiyat

Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi

Namangan tumani hokimi Pop tumani hokimi bo`ldi. Bu haqda tuman hokimiyati saytidagi ma`lumotlarga asoslanib “uz24.uz” xabar bermoqda.

 10 dekabr kuni xalq deputatlari Pop tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Unda Namangan  viloyat hokimi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va ma`ruza qildi.

Sessiya ishida tashkiliy masala  ko`rildi. Tuman hokimi Bohodir Rahmonov lavozimidan ozod etildi.

Shu kunga qadar Namangan tumani hokimi lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan Javlonbek Yo`ldoshev Pop tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati xabar qiladi.

    Boshqa yangiliklar