AsosiyJamiyat

Toshkentda koronavirusning yana ikki qurboni: ulardan biri 36 yosh

'Toshkentda koronavirusning yana ikki qurboni: ulardan biri 36 yosh'ning rasmi

 SSVning so`nggi ma`lumotiga ko`ra, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 36 yoshli F.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 33 989 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 980 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 277 nafari og`ir, 96 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar