AsosiyJamiyat

Chashma bulog`i voqealarida talafot ko`rgan xonadonlar tiklab berildi

'Chashma bulog`i voqealarida talafot ko`rgan xonadonlar tiklab berildi'ning rasmi

Bu haqda DXX chegara qo`shinlari axborot xizmati xabar berdi. Ma`lumki, joriy yilning 31 may kuni Farg`ona viloyati So`x tumanidagi Chashma bulog`i yonidan o`tgan Qirg`iziston bilan chegara hududida nizo kelib chiqqandi. Ushbu noxush voqealarda Chashma mahallasida yashovchi fuqarolar Rahmatjon To`xtasinov va Ravshanjon To`xtanazarovlarning xonadonlari katta talafot ko`rgani bois, hukumatimiz tomonidan bu xonadonlarni tiklash bo`yicha topshiriqlar berilgan edi.

Shunga ko`ra, R.To`xtasinovning xonadoni kapital ta`mirlangan bo`lsa, fuqaro R.To`xtanazarovga yangi uy qurib berildi. Qurilish-ta`mirlash ishlariga davlatimiz tomonidan 600 million so`m mablag` yo`naltirildi.  

Kuni kecha ushbu xonadonlarning foydalanishga topshirish tadbiri o`tkazildi. Unda mahalla faollari bilan birga DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari ham ishtirok etdi.  

    Boshqa yangiliklar