So`ngi yillarda iste`molchilarning mototransport vositalariga bo`lgan talabi bir necha barobar o`sdi. Sababi ushbu texnika vositalari kam yoqilg`i sarflash bilan bir qatorda, "ustaga ish qoldirmaydigan" kamxarj. Narxi xamyonbop, ustiga ustak anchagina yumushimizni bajara oladi. Jondor tumanida istiqomat qiluvchi qaxramonimiz I.To`raev xam yuqoridagi fikrlarga asoslanib, "Buxoro Real Moto" MChJ ga qarashli "Lochin" mototransport vositasini sotib olish maqsadida 21.885.000 so`mga shartnoma tuzib, so`ngra oradan bir qancha vaqt o`tgach boshqa modeldagi transport vositasini xarid qilish maqsadida yana tashkilotga murojaat qiladi. Ammo tadbirkor tomonidan narxlar oshganligi ma`lum qilinib, iste`molchiga istasa yangi narxda xarid qilishi mumkinligi taklif etiladi.
Bundan tashqari yangi shartnoma tuzish uchun xodimlar yo`qligi, buning sababi yurtimizda kuchaytirilgan karantin tartibi joriy etilgach, ko`p tashkilotlar qatori ishchilar salomatligini nazarda tutgan xolda "Buxoro Real Moto" MChJ xam faoliyatini vaqtincha to`xtatishga, mijozlar buyurtmalarini kechiktirishga majbur bo`lgani tushuntirilgan. Bu vajlardan norozi bo`lgan I.To`raev eski narxda transport vositasi etkazib berilishini, agar zavodda bo`lmasa dillerlardan olib berilishini so`rab O`zbekiston Iste`molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Buxoro viloyat xududiy birlashmasiga murojaat qiladi. Soxa mutaxassislarining sayi xarakatlar natijasida iste`molchi muammosi xal etildi. Tadbirkor asosli ma`lumot berganligi xisobga olinib, I.To`raev 26.025.000 so`m to`lovni amalga oshirdi xamda o`zi istagan mototransport vositasini dillerdan xarid qildi. Tadbirkor va iste`molchi ushbu kelishuvdan birdek minnatdor!
Amirxon Axmadov






