Bugun, 22 avgust kuni davlat va jamoat arbobi, “Do`stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov 65 yoshida olamdan o`tdi.
Eslatib o`tamiz, 25 iyul kuni K.Kamolovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va u davolash muolajalarini olib kelayotgan edi.
Ma`lumot o`rnida:
Karim Kamalov 2017 yildan 2020 yilning fevraliga qadar Buxoro shahri hokimi sifatida ishlagan, 2020 yilning fevralidan esa Bosh vazir o`rinbosari lavozimiga tayinlangan O`ktam Barnoev o`rniga Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.






