AsosiyJamiyat

82,7 million so`mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga etib bormadi

'82,7 million so`mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari manzilga etib bormadi'ning rasmi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Bu haqda Davlat Bojxona ko`mitasi xabar bermoqda.

Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida sifati kafolatlanmagan 50 dona “Slideron”, 100 dona “Stanhep” nomli dori vositalari,  172 dona ko`zoynaklar, 101 dona himoya shlemlari va 520 dona nomli virus blokatorlar borligi aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan 48,4 million so`mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari avtomashinada yo`lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaro N.S.ga tegishli ekanligi ma`lum bo`ldi.

Yana bir holatda fuqaro Yu.F. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina to`xtatilib, o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida, avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan fuqaro X.Sh. tomonidan umumiy qiymati 34,2 million so`mlik xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan dori vositalari olib ketilayotganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar