AsosiyJamiyat

Namanganda Facebook orqali "Jihodchilar" g`oyalarini targ`ib qilgan va Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog`lagan guruh qo`lga olindi

'Namanganda Facebook orqali "Jihodchilar" g`oyalarini targ`ib qilgan va Suriyadagi jangarilar bilan aloqa bog`lagan guruh qo`lga olindi'ning rasmi

DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi g`oyalarini qo`llab-quvvatlab kelgan noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo`yildi.

Aniqlanishicha, kosibchilik bilan shug`ullanuvchi, 1965 y.t. fuqaro “Facebook” ijtimoiy tarmog`idagi profili orqali diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lmish “Abu Saloh”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning “hijrat”, “jihod”ga chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ`ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa bog`lab, Rossiya Federasiyasidagi tanishlari orqali ularga bir necha marotaba pul mablag`lari jo`natgan.

Mazkur fuqaro o`g`li, jiyani, sinfdoshi va tanishlari -- jami 6 kishini o`z virtual guruhiga qo`shgan.

Guruh a`zolarining yashash manzillaridan 7 ta mobil telefon apparati, 80 ta DVD va CD disklar, 2 ta mikro chip, 2 ta flesh-karta, 1 dona kitob va 1 dona daftar ashyoviy dalil sifatida prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar