Ushbk savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova tomonidan quyidagicha javob berildi:
"Koronavirus infeksiyasi turli shakllarda kechadi va doim ham o`pkani shikastlamaydi.
Kasallik ko`p hollarda umuman simptomlarsiz kechadi, ya`ni test natijasi musbat bo`lsada kishi hech qanday simptomlarni sezmaydi va bunday virus tashuvchisi tekshirilganda organizmda hech qanday o`zgarish aniqlanmaydi.
Simptomlar mavjudligida kasallikning quyidagi shakllari ajratib ko`rsatiladi:
- yuqori nafas yo`llari shikastlanishi bilan (rinit, faringit);
- quyi nafas yo`llari shikastlanishi bilan (pnevmoniya);"






