2020 yil 23 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38698 (+166) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Toshkent viloyatida, 18 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Furqat tumanida yashagan 74 yoshli N.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 34576 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3853 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 259 nafari og`ir, 116 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






