AsosiyJamiyat

Har kuni kasallanganlar kamayib, tuzalayotganlar ko`payayotgani aytilsa-da, nega chet eldan shifokorlar taklif qilinmoqda?

'Har kuni kasallanganlar kamayib, tuzalayotganlar ko`payayotgani aytilsa-da, nega chet eldan shifokorlar taklif qilinmoqda?'ning rasmi

Ushbk savolga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova tomonidan quyidagicha javob berildi: 

---Pandemiya tez rivojlanayotganligi sababli butun dunyo  olimlari bir joyda to`xtamayaptilar, ular doimiy   izlanishdalar.  

Virusning  yangi qirralari hamda yangi davolash usullari ustida muntazam ish olib borilmoqda.  

Hozirgi kunga kelib, kasallar soni, uning kechishi o`zgarib borayotganligi, shuningdek,  JSST tavsiyalari ham  mos ravishda o`zgarayotganligi sababli  jarayonlar ham o`zgarib borishi tabiiy.

Har bir davlat tavsiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashgan holda ishlab chiqadi va har qanday vaqtda uni to`ldirishi yoki o`zgartirishi mumkin. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarning malakali mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashinib turish hozirgi kun talabi hisoblanadi. 

    Boshqa yangiliklar