AsosiyJamiyat

O`zbekistonda masjidlar soni 2072 taga etdi

'O`zbekistonda masjidlar soni 2072 taga etdi'ning rasmi

Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita  axborot xizmati ma`lum qildi.

Mamlakatimizda fuqarolarning boshqa huquq va erkinliklari qatori vijdon va e`tiqod erkinligini ta`minlashga ham alohida e`tibor qaratib kelinmoqda.  

Ana shundan kelib chiqib, joriy yilning 20 avgust kuni Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan «Varroq Termiziy» masjidi ro`yxatdan o`tkazilib, uning ro`yxatdan o`tkazilgani to`g`risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.

Ma`lumot uchun, Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni 115 taga etdi.

    Boshqa yangiliklar