AsosiyJamiyat

Ayni paytda 172 nafar kishida virus qayd etildi, Toshkentda 2 bemor vafot etdi

'Ayni paytda 172 nafar kishida virus qayd etildi, Toshkentda 2 bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 23 avgust soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 870 (+172) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 137 nafari Toshkent shahrida, 33 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Shu bilan birga, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 46 yoshli B.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 41 yoshli Sh.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

 E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 167 nafar, Toshkent viloyatida 104 nafar, Samarqand viloyatida 32 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida ham 5 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 318 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib yurtimizda 34 894 (+318) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 705 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar