Amerikaning Massachusets shtatidagi Springfild shahrida supermarketda bir kimsa xaridorlarni quchoqlab, ularga koronavirus infeksiyasini yuqtirganligini aytgan. Hozirda polisiya shahar bo`ylab bu fuqaroni qidirmoqda. Bu haqda New York Post`ga tayanib, ntv.ru yozmoqda.
Mazkur shaxs qora futbolka va niqobda bo`lgan. U shahardagi Walmart nomli supermarketda aylanib yurib, xaridorlarni birma-bir quchoqlab chiqqan. So`ng “Men Covid-19 ga chalinganman. Mana sizni quchoqladim va sizga ham yuqtirdim. Endi sizda ham COVID-19 bor", — degan va qochib ketgan.
Hozirgi vaqtda polisiyachilik bu amerikalikni qidirishga tushgan. U odamlarga tajovuz qilishda, tahqirlashda va tahdid qilishda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi chindan ham kasallikka chalinganmi yoki bu shunchaki hazilmi, hozircha noma`lum. Mahalliy polisiya vakili Rayan Uolsh bu odamning xatti-harakati jinoyat ekanligini aytdi va buni do`kon minalashtirilganligi to`g`risida yolg`on xabar berish bilan taqqosladi, deyiladi xabarda.






