AsosiyJamiyat

Bolalar necha yoshdan tibbiy niqob taqishi kerak?

'Bolalar necha yoshdan tibbiy niqob taqishi kerak?'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining bolalarning tibbiy niqoblarni taqishiga oid tavsiyalari e`lon qilindi. Bu haqda SSV rasmiy kanali xabar berdi. Ta`kidlanishicha:

 5 yoshgacha va undan kichik bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas. Bu bolaning xavfsizligi va niqobni minimal yordamda tegishlicha qo`llay olishiga asoslangan.

6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarning niqob taqishida bir nechta omillarni hisobga olish lozim: hududda koronavirusning tarqalganlik darajasi, bolalarning niqobdan foydalana olishi hamda niqobning bolaning ta`lim olishi va ruhiy rivojlanishiga ta`siri.

12 yoshdan katta bolalar esa kattalar niqob taqishlari kerak bo`lgan sharoitlarda niqob taqishlari shart. Misol uchun, bolalar 1 metrdan ko`proq ijtimoiy masofaga rioya qila olmaganlarida yoki koronavirus tarqalishi darajasi yuqori bo`lgan hududlarda niqob taqishi kerak.

    Boshqa yangiliklar