Turkiya shimoli-sharqida kuchli suv toshqini natijasida to`rt kishi halok bo`ldi, 12 kishi bedarak kyo`qoldi. Kuchli yomg`irlar tufayli Giresun viloyatida toshqin va sel kelgani aytilmoqda.
Halok bo`lganlar orasida jandarmeriya xodimi ham bor, uning yana besh nafar hamkasbi esa bedarak ketdi. Ma`lum bo`lishicha, ularning ostidagi ko`prik qulab tushgan.
Hozirda hududdagi barcha yo`llar yopib qo`yilgan. Shahar ko`chalari bo`ylab harakatlanishning umuman iloji yo`q, suv yo`llarni quturgan daryoga aylantirib yuborgan. Odamlar vertolyot yordamida evakuasiya qilinmoqda. Turkiya ichki ishlar vaziri voqea joyiga etib borib, aholi bilan muloqot qilgan.






