AsosiyJamiyat

Bugun oltita viloyatda jami 411 nafar bemor sog`aydi

'Bugun oltita viloyatda jami 411 nafar bemor sog`aydi'ning rasmi

SSV ma`lum qilishicha, bugun 23 avgust kuni mamlakatimizda 414 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 411 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 946 nafar bemordan 34 987 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 686 nafar bemordan 249 nafari og`ir, 129 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar