AsosiyDunyo

Yuliya Timoshenko koronavirusga chalindi. Ahvoli og`irligi aytilmoqda.

'Yuliya Timoshenko koronavirusga chalindi. Ahvoli og`irligi aytilmoqda.'ning rasmi

Ukraina sobiq bosh vaziri, amaldagi Verhovnaya Rada deputati Yuliya Timoshenko koronavirus bilan kasallandi. Uning partiyasi e`lon qilgan xabarga ko`ra, Timoshenkoning ahvoli og`ir, deya yozdi O`zreport nashri.

Partiya vakillarining aytishicha, 59 yoshli  sobiq bosh vazirda yuqori harorat bir necha kundan beri davom etmoqda. Hozirda u kasalxonaga yotqizilganmi yoki yo`qmi-noma`lum.

Ukrainada shu kunlarda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni keskin ko`paymoqda.

Ohirgi 24 soat ichida 2,300dan ortiq yangi bemorlar aniqlandi.

    Boshqa yangiliklar