SSVning so`nggi xabariga ko`ra, Sergeli tumanida yashagan 59 yoshli R.Sh. (erkak) hamda O`rtachirchiq tumanida yashagan 50 yoshli D.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 34 987 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 803 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 249 nafari og`ir, 129 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






