Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva ishtirok etdi. Umuhim savollarga javob qaytardi.
Savol: Sovid-19 bo`yicha e`lon qilinadigan statistika qanchalik to`g`ri? Masalan, Surxondaryo viloyati bo`yicha statistika umuman yo`q. Infeksiya yuqtirganlar ko`p, lekin e`lon qilinmaydi. Buni qanday tushunsa bo`ladi?
— Koronavirusga chalingan bemorlarning soni har kuni ommaviy axborot vositalarda va SSV saytida viloyatlar kesimida e`lon qilinadi.Bularning soni yashirilmaydi, faqat PZR testi orqali aniqlangan bemorlarning soni statistik ma`lumotlarga kiradi.






