Uzgidromet ertaga 25 avgust kungi ob-havo ma`lumotlarni e`lon qildi.
25 avgustda respublikamizda ob-havo sharoitlarining o`zgarishi kutilmoqda: ertalab respublikaning shimoli-g`arbiy tumanlariga, kechga borib markaziy tumanlariga Volgabo`yi hududidan salqin va nam havo oqimi kiradi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kun davomida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida esa kechga borib qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja atrofida bo`ladi, kunduzi pasayib 28-33 darajani tashkil qiladi, bu me`yoriy ko`rsatkichlardan biroz pastdir.
26 avgust kuni respublikamiz hududiga kirgan salqin atmosfera fronti janubi-sharq tomonga siljiydi, mamlakatimiz hududining katta qismida momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi mumkin, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa yog`ingarchilik to`xtaydi. Antisiklon ta`sirida 26 avgust eng salqin kun bo`lishi kutilmoqda, harorat kechasi 15-18 daraja, kunduzi 23-26 darajani tashkil qiladi. Bunday harorat me`yordan 6-9 darajaga pastdir.
Haftaning seshanba va chorshanba kunlari respublika bo`yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Payshanba va juma kunlari mamlakatimizda ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi. Antisiklon ta`sirida tungi salqin harorat saqlanib turadi va 15-20 daraja atrofida bo`ladi, kunduzi esa havo asta sekin isishni boshlaydi va 28 avgustda 30-35 darajagacha ko`tarilib, oyning shu davri uchun xos bo`lgan m`yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.






