AsosiySalomatlik

Bolalar niqob taqib yurishlari shartmi?

'Bolalar niqob taqib yurishlari shartmi?'ning rasmi

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaevaning aytishicha, klinik tavsiyanomalarda «5 yosh va undan kichik yoshdagi bolalardan niqob taqib yurish talab etilmaydi. Bu bolaning xavfsizligi va umumiy qiziqishlari, bundan tashqari niqobni tegishli tartibda taqish imkoniyatlariga asoslanadi», deb ko`rsatilgan.

 Istisno tariqasida onkologik kasalliklari mavjud bo`lgan, immunodepressiv holatdagi yoki doimiy COVID-19 mavjud bo`lgan bemorlar bilan kontaktda bo`ladigan bolalarga niqob taqish tavsiya etiladi.

 JSST va YuNISEF tavsiyanomalariga ko`ra, agar bola 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lsa, niqob taqishda bir qator omillarni hisobga olish lozim:

➖ bolaning yashash joyida virusning tarqalganlik darajasini;  

➖ bola niqobdan to`g`ri va xavfsiz foydalana olish imkoniyatlarini nazardan chetda qoldirmaslik zarur;  

➖ bundan tashqari mutaxassislar atrofdagi kattalar tomonidan bolani himoya niqoblari bilan ta`minlanganligini, niqoblarni almashtirish va yuvishni nazorat qilishni tavsiya qilishadi.  

12 yosh va undan katta yoshdagi bolalarga niqoblarni kattalar kabi taqishni tavsiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar