AsosiyJamiyat

Xitoyliklar shifokorlarimizni virusdan himoyalash uchun xalq tabobati usulida tayyorlangan dorilarini etkazib beradi

'Xitoyliklar shifokorlarimizni virusdan himoyalash uchun xalq tabobati usulida tayyorlangan dorilarini etkazib beradi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, Xitoyning “Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd.” farmasevtika kompaniyasi hamda Szyansi an`anaviy xitoy tabobati universitetining 10 nafar shifokor va mutaxassislaridan iborat guruh yurtimizda bo`lib turibdi.

Xitoylik mutaxassislarining fikriga ko`ra, an`anaviy xitoy tabobati G`arb tibbiyoti bilan birgalikda “COVID-19”ni oldini olish, uni davolash va reabilitasiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Buni mamlakatning bir qator viloyatlarida, birinchi navbatda, yangi koronavirus tarqalishining markaziga aylangan Xubeyda o`tkazilgan klinik kuzatishlar ham tasdiqlamoqda.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Xubey provinsiyasida koronavirusga chalingan bemorlarning 91,6 foizi va mamlakat bo`ylab esa ularning 92,4 foizini sog`ayishida  aynan  an`anaviy xitoy tabobati ham alohida ahamiyat kasb etgan.

– Eng qizig`i, koronavirusga qarshi kurashish uchun Uxan shahriga 42 ming nafar xitoy xalq tabobati vakillari safarbar qilingan bo`lsa, ularning birontasi ham infeksiyani yuqtirib olmadi, – deydi Xitoy “Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co. Ltd.” farmasevtika kompaniyasi prezidenti Syuejun Lin. – Buning sababi, birinchidan, himoya vositalaridan to`g`ri foydalanishganida bo`lsa, ikkinchidan, xalq tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qabul qilganlaridadir. O`zbekistonda “COVID-19” bilan oldingi saflarda kurashayotgan tibbiyot xodimlari uchun ham ushbu dori vositalarini etkazib beramiz.

O`z o`rnida Syuejun Lin O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan muloqot davomida 4 yo`nalishda an`anaviy xitoy tabobati usulida tayyorlangan dori vositalarini qo`llagan holda koronavirus infeksiyasi bilan kurashishni taklif qildi. Birinchisi – kasallikni profilaktikasida, ikkinchisi – koronavirusni engil shaklda boshdan o`tkazayotgan bemorlarni davolashda, uchinchisi – engil shakldagi bemorlarning holati og`ir va o`rta og`irga o`tib ketmasligi uchun parvarish qilishda va oxirgisi – “COVID-19”dan sog`ayganlarni reabilitasiya qilishda.  

 

    Boshqa yangiliklar