AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda “Damas” haydovchisi yo`l notekisligidan qochib “Kamaz”ga urildi va vafot etdi

'Qashqadaryoda “Damas” haydovchisi yo`l notekisligidan qochib “Kamaz”ga urildi va vafot etdi'ning rasmi

YHXBB matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 23 avgust kuni soat 19:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, “Saroy” MFY, Saroy qishlog`i ichki yo`lida YTH sodir bo`ldi.

1979 yilda tug`ilgan haydovchi S.I. “Damas” avtomobilini boshqarayotib yo`ldagi notekislikdan qochib qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, qarshisidan kelayotgan J.J. boshqaruvidagi “Kamaz 5511” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan. 

Natijada, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi 41 yoshli S.I. og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi TB tomonidan joriy yil 24 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o`lishiga sabab bo`lishi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar