2020 yil 24 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 156 (+91) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 62 yoshli Yu.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 45 yoshli Z.O. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 176 nafar, Toshkent viloyatida 97 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Farg`ona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 296 nafar bemor sog`aydi.
Shunday qilib, yurtimizda 35 283 (+296) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 90 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 3 596 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






