AsosiyMadaniyat

Varaxsha arxeologiya ob`ektidan 100 dan ortiq metall buyumlar topildi

'Varaxsha arxeologiya ob`ektidan 100 dan ortiq metall buyumlar topildi'ning rasmi

Varaxsha arxeologiya ob`ektidan topilgan 100 dan ortiq metall buyumlar madaniy meros laboratoriyasida konservasiya qilinmoqda, deyiladi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi ma`lumotida. 

Hozirgi kunda, vohaning Varaxsha massivi, qadimda Zarafshon suvlari bilan mo`l o`zlashtirilgan, lekin keyinchalik qumlar bosib, cho`l zonasiga aylangan yodgorliklarida asosan qo`shma O`zbekiston-Amerika (Nyu-York Univesiteti) bilan hamkorlikda arxeologik izlanishlar olib borilmoqda. 

Natijada, ko`plab yangi topilmalar qo`lga kiritilgan va ta`mirlashga muxtoj. Bular ichida XI-XII asrlarga oid mis, bronza, kumush va qo`rg`oshindan yasalgan 100 dan ortiq metall topilmalar jamlanmasi Buxoro viloyati Madaniy meros Departamenti mutaxassislari hamkorligida Boshqarmaning ta`mirlash laboratoriyasida zamonaviy uskunalar yordamida zang(korroziya) qatlamlaridan tozalanmokda. Bu topilmalar Buxoroning tarixiga oid bo`lgan va bir necha turga bo`lingan metall eksponatlarni tozalash, ta`mirlash va konservasiya qilish ishlari tashkil qilinib, o`rganish ishlari boshlandi.

Topilmalarni tozalash jarayonida yana bir bor, o`tmishda ota-bobolarimiz boy ilmu tafakurga, hunarmandchilikning ko`plab yo`nalishlarida yuksak yutuqlarga erishganliklarining guvohi bo`lmoqdamiz. Metallarning bir biriga o`zaro birikishiga, yasalgan buyumlarning bejirimligiga, metallar va qimmatbaho toshlarning o`zaro uyg`unlashishi va ularning sifatiga katta e`tibor qaratishgan. Masalan, zargarlik, kandakorlik, qo`yinki metallga ishlov berish san`atini yuksak cho`qqiga olib chiqqanlar.

 

    Boshqa yangiliklar