Yangi Zelandiyadagi masjidda 51 kishini o`ldirgan Brenton Tarrant qilmishidan pushaymon emasligini aytdi. Pushaymon bo`lish o`rniga Tarrant ko`proq insonlarni o`ldirmaganiga va hujumdan keyin masjidlarni yoqib yubormaganidan afsusda ekanini aytdi. Bu haqda O`zreport xabar berdi.
O`tgan yili Yangi Zelandiyadagi ikkita masjidda 51 kishini o`ldirgan qotil, dushanba kuni fojeada tirik qolganlar va qurbonlarning oila a`zolarining ko`ziga tik qaragan xolda sovuqqonlik bilan bo`lgan voqealarni gapirib berdi.
29 yoshli Avstraliya fuqarosi Brenton Tarrant 51 ta qotillik, 40ta suiqasd va Facebookda jonli efirga uzatgan Krastchurch shahridagi otishma paytida terroristik harakatni sodir etishda ayblangan.
Tarrant tovba qilish va pushaymon bo`lish o`rniga, ko`proq insonlarni o`ldirmaganiga va hujumdan keyin masjidlarni yoqib yubora olmaganiga afsusda ekanini aytdi.
Prokuror Barnabiy Hazning aytishicha, Tarrant kuchli o`qotar qurollar sotib olish uchun ko`p yillar sarflagan, masjid rejalarini o`rganib, maksimal darajada yo`qotishlarni amalga oshirish uchun hujumlarni uyushtirgan.
“Seni kechira olmayman. Sen 51 nafar begunoh musulmonning jonini olding. Sening fikringcha, ularning birgina aybi musulmon bo`lgani edi. Qancha kishini yaralading, qancha insonlarning orzularini yo`qqa chiqarding”, dedi sud zaliga kelgan farzandidan ayrilgan ona qotilga qarata nafrat bilan.
Hafta oxirida yakuniga yetadigan sudda Tarrantga nisbatan amnistiyasiz umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.






