AsosiyJamiyat

5 hududdan yana 126 bemor: virus yuqtirganlarning asosiy qismi poytaxtda

'5 hududdan yana 126 bemor: virus yuqtirganlarning asosiy qismi poytaxtda'ning rasmi

2020 yil 26 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39790 (+126) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi. 

 Yangi kasallanish holatlarining 105 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar