AsosiyMadaniyat

Yil oxiriga qadar «O`zbekkino» sakkizta yangi multserial taqdim etadi

'Yil oxiriga qadar «O`zbekkino» sakkizta yangi multserial taqdim etadi'ning rasmi

 Sohadagi islohotlar animasion filmlar ishlab chiqarish konsepsiyasiga ham ta`sir ko`rsatdi. 2019 yilda bolalar auditoriyasida talab darajasi past va eskirgan format bo`yicha bolalar uchun filmlarni yaratishning amalda monopollashtirilgan tizimi mavjud edi. 2019 yilda 12 ta multfilm uchun sarflangan umumiy byudjet 4 458 mlrd. so`mni tashkil etgan, shulardan 76,24 foizi (3 mlrd.400 mln. so`m) davlat multstudiyasiga yo`naltirilgan bo`lgan.

Bu haqida «O`zbekkino» Milliy Agentligi, Jaomatchilik va Badiiy kengashlari, O`zbekiston Respublikasi Kinoarboblari ijodiy uyushmasining qo`shma bayonotida aytiladi.  

2020 yildan boshlab, «O`zbekkino» xususiy va hamkorlik studiyalari, shuningdek, qo`shimcha mablag`larni jalb qilgan holda ko`p qismli multfilmlar ishlab chiqarishga o`tdi.

Bu yil umumiy summasi 9 mlrd.so`m va 50 ming AQSh dollari bo`lgan 8 ta multpliksion seriallar suratga olish rejalashtirilgan, shulardan 4 400,0 mlrd.so`m byudjet mablag`lari va rejalashtirilayotgan 4 600,0 mlrd.so`m va 50 ming AQSh dollari hamkorlar va homiylar mablag`laridir. «Xo`ja Nasriddin» multserialini suratga olish bo`yicha «Soyuzmultfilm» studiyasi bilan shartnoma imzolangan. Bu yil avval e`lon qilingan milliy mulqahramon yaratish bo`yicha tanlovlar g`oliblari aniqlanadi.  

Bir vaqtning o`zida bir nechta tarbiyaviy ahamiyatga ega multfilmlar nashrga tayyorlanmoqda. Ular turli yoshdagi bolalar uchun mo`ljallangan. Masalan, «Uch ajoyib bolakay» multseriali kichik yoshli bolajonlarni ahloq-odob qoidalari, uyda, mehmonda, ko`cha-kuyda o`zini qanday tutish kerakligi haqidagi ma`lumotlar bilan tanishtiradi.  

«Sehrli qalamdon» multfilmi maktab yoshidagi bolalar uchun mo`ljallangan. O`quvchining qalamdonidan joy olgan ajoyib o`quv qurollari jonlanish qobiliyatiga ega bo`lib, ular o`quvchiga dunyoning tuzilishi haqida so`zlab bergancha, bilim olish, ilmiy faktlarni o`zlashtirishga yaqindan yordam berishadi.

Tabiatshunoslikka bag`ishlangan «Elementlar» loyihasi esa bolalarni tabiat hodisalari va Koinotning fizikaviy qonunlari bilan tanishtiradi.

    Boshqa yangiliklar