Ushbu savolga bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:
-- Yo`q, bu holat koronovirus kasalligiga xos emas.
Lekin ushbu kasallikda mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan asoratlari bu holatga sabab bo`lishi mumkin.
Bosh aylanishi va hushdan ketish holatlari — asosan bemor qon bosimi tushib ketishi, kamqonlik yoki yurak ritmi buzilishi natijasida yuzaga keladi. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojat qilishingiz lozim.






