Singapurlik olimlar koronavirus infeksiyasining muzlatilgan oziq-ovqatda yashashga qodirligini aniqlashdi.
Biolog olimlarning ta`kidlashicha, Xitoy, Vetnam va boshqa mamlakatlarda COVID-19ning keng tarqalishiga muzlatilgan mahsulotlar sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.
O`tkazilgan tadqiqotlarda cho`chqa va tovuq go`shti, forel baliqlarida uch hafta davomida koronavirus infeksiyasi saqlanib turgan.






