Toshkentning ikkita serqatnov Bog`ishamol va Mirzo Ulug`bek ko`chalarini tutashtiradigan yo`l uchastkasida qurilishi ishlari yakunlandi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Uzunligi 1,6 km bo`lgan yangi avtomobil yo`li ilgari Kabel zavodiga taqaladigan yo`lning davomi bo`ladi. Endi u zavodning qoq o`rtasidan kesib o`tib, Chamanbog` kichik ko`chasi bo`ylab, Botanika bog`i yonidan o`tib, Bog`ishamol ko`chasiga chiqadi.
Eslatib o`tamiz, ushbu yo`lning qurilish ishlari 1 avgustda boshlangan edi.