AsosiyJamiyat

Islom Karimov: Koalisiya kuchlarining olib chiqib ketilishi Afg`onistondagi vaziyatni yomonlashtirdi

Islom Karimov xalqaro koalisiya kuchlarining Afg`onistondan olib chiqib ketilishi mamlakatdagi vaziyatni yomonlashtirganini ma`lum qildi, deb xabar beradi O`zA.

“Afg`onistondagi vaziyatga ahamiyat qaratish zarur. Xalqaro koalisiya qo`shinining mamlakat hududidan olib chiqib ketilishi hududdagi moliyaviy ko`makni kamaytirdi va ahvolni yomonlashtirdi”, – dedi Karimov Ashxoboddagi  xalqaro konferensiyada nutq so`zlar ekan.  

Islom Karimovning fikriga ko`ra, ayni paytda “xalqaro va global xavfsizlikning qurilishi  o`zgarmoqda”.

Prezident aynan shuning uchun O`zbekiston tinchlikparvar siyosat yuritish, harbiy-siyosiy ittifoq va koalisiyalarga qo`shilmaslik, o`z hududida xorijiy harbiy bazalar va ob`ektlar joylashuviga yo`l qo`ymaslik, harbiylari chet ellardagi operasiyalarda ishtirok etmaslik kabi qat`iy yo`lni tanlaganligini  ta`kidladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmaniston betarafligining 20 yilligiga bag`ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun 11-12 dekabr kunlari ushbu mamlakatda bo`ldi. 

 

 

    Boshqa yangiliklar