Joriy yil boshida, 14 yanvar kuni mashhur dizayner Nariman Grigoryan o`ldirib ketilgani xabar qilingan edi.
Ayni paytda Oliy sud Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida fuqaro Nariman Alimdjanov (dizayner Nariman Grigoryan) ni qasddan o`ldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B. Burkitbaev (1996 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, o`zbek, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.
2020 yil 14 avgustdagi sud hukmiga ko`ra, B. Burkitbaev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
B. Burkitbaevga uzil-kesil o`tash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.






