AsosiyDunyo

Ukraina Belarus bilan barcha aloqalarni to`xtatdi

'Ukraina Belarus bilan barcha aloqalarni to`xtatdi'ning rasmi

Ukraina Belarus bilan muloqotni vaqtincha to`xtatishga qaror qildi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi Dmitriy Kuleba “1+1” telekanaliga tayanib kun xabar bermoqda.  

“Men bu haqida sizga rasman ma`lum qilishim mumkin. Biz vaziyatning borishi ortidan kuzatmoqdamiz. Aloqalar Ukrainaning obro`siga hamda unga ma`naviy, axloqiy tomondan putur etkazmasligiga ishonch hosil qilsak, ularni yana tiklaymiz”, deb ta`kidlab o`tgan Kuleba.

Uning ta`kidlashicha, Ukraina etakchisi Vladimir Zelenskiy belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan oxirgi marta Belarusda 9 avgustda o`tgan prezident saylovlari oldidan so`zlashgan.

Bundan tashqari, Kiev zarurat yuzaga kelsa, Donbass bo`yicha muzokaralarni Belarus poytaxti Minskdan boshqa erga ko`chirishi mumkin. Kulebaning ta`kidlashicha, biroq bundan hech qanday ma`no yo`q.

“Hozirda bu jarayonlardan faqatgina Minsk nomigina qolgan, chunki pandemiya sababli uchrashuvlar onlayn o`tmoqda. Shu sababli hech kim u erga bormayapti, Minsk bilan bevosita aloqa yo`q”, deb ta`kidlab o`tgan Ukraina tashqi ishlar vaziri.   

Avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal o`z vatanlarida ta`qib qilinayotgan belaruslarga Ukrainada himoya taklif qilgan. Uning aytishicha, yordamga muhtoj odamlar Ukraina chegarasini kesib o`tayotganda bu haqida chegara xizmatini xabardor qilishi lozim.

“Belarusning bosimga yoki ta`qibga uchrayotgan hamda qo`shimcha himoyaga muhtoj fuqarolari Ukrainada hamma vaqt himoya olishlari mumkin”, deb yozgan Shmigal Telegram’da.

Avvalroq Ukraina etakchisi Vladimir Zelenskiy Belarusda prezident saylovlari takror o`tkazilishi zarurligini aytgan. Belarus tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz bunga javoban Minsk Ukrainaning “siyqasi chiqqan” maslahatlariga muhtoj emasligini aytgan.  

Belarusda 9 avgustda o`tgan prezident saylovlarida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko g`alaba qozonganidan keyin unga qarshi norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar