AsosiySalomatlik

Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda antitanachalar shakllangan bo`lsa ham, qayta kasallanish mumkin. Bu holat kimlarda kuzatiladi?

'Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda antitanachalar shakllangan bo`lsa ham, qayta kasallanish mumkin. Bu holat kimlarda kuzatiladi?'ning rasmi

Ushbu savolga Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi javob berdi:

— Koronavirus kasalligi hali oxirigacha o`rganilmagan va hozirgi kunga qadar izlanishlar davom etayotgan kasallikdir. Olimlar ushbu kasallik bilan qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayapti va ularning fikriga ko`ra, kasallik immuniteti past, surunkali kasalligi bor va kasallikka qarshi antitanachalari kam bo`lgan bemorlarda uchrashi mumkin.

 Izlanishlar ushbu bemorlarda aniqlangan viruslar juda ko`p marotaba mutasiyaga uchraganini ham ko`rsatmoqda.  

️Ko`pchilik men kasallikdan qutildim, antitanachalar bor deb niqobsiz, masofa saqlamasdan yurishni boshladi. Yuqoridagi ma`lumotlarga asoslanib, atrofdagilarni xavf-xatarga qo`ymaslik uchun ham barcha sanitariya-gigiena qoidalariga to`liq rioya etish kerak.

    Boshqa yangiliklar