AsosiyDunyo

Qozog`istondagi bir qator OTMlar lisenziyasining amal qilishi to`xtatib qo`yildi

'Qozog`istondagi bir qator OTMlar lisenziyasining amal qilishi to`xtatib qo`yildi'ning rasmi

 Qozog`iston Respublikasi Ta`lim va fan vazirligi bir necha universitetlarning o`quv faoliyati uchun lisenziyasini to`xtatilgani haqida xabar berdi.  

Buning sababi bir qator universitetlarni qayta tekshirishda ta`lim to`g`risidagi qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan.

"Olmaota" universiteti, "Kaynar" Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do`stligi universiteti, “Silkway” Xalqaro universiteti, tomonidan o`tkazilgan takroriy tekshiruv natijalari bo`yicha yana ta`lim sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan Qozog`iston Respublikasi Ta`lim va fan vazirligi Ta`lim va fan sohasida sifatni ta`minlash qo`mitasi tomonidan "Olmaota" universiteti, "Kaynar" Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do`stligi universiteti lisenziyasi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to`xtatilgan.

Shuningdek, "Kaynar" Akademiyasi va “Silkway” xalqaro universitetining tekshirish natijalari ustidan shikoyat bo`lganligi sabab, tekshirish natijalari sudda ko`rib chiqilayotgani aytilgan. Sud jarayonlari yakunlangach, tegishli choralar ko`rilishi ma`lum qilingan.

Bundan tashqari, M.X.Dulati nomidagi Taraz hududiy universitetida "huquq" (bakalavr) yo`nalishi bo`yicha lisenziya ilovasi amal qilishi to`xtatilgan.

 Qozog`iston Respublikasi Ta`lim va fan vazirligi abiturientlarga qonunchilikka muvofiq ta`lim faoliyati uchun lisenziya amal qilishi to`xtatilgan taqdirda, OTM 2020/2021 o`quv yili uchun qabulni amalga oshira olmasligiga e`tibor qaratishni so`ragan.

    Boshqa yangiliklar