AsosiyDunyo

Ilon Mask miyasiga chip o`rnatilgan cho`chqani namoyish etdi

'Ilon Mask miyasiga chip o`rnatilgan cho`chqani namoyish etdi'ning rasmi

28 avgust kuni ixtirochi-milliarder Ilon Mask miyasiga chip o`rnatilgan cho`chqani namoyish etdi. Bu haqda Daryo yozmoqda. Ta`kidlanishicha, Maskning Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan chip nevrologik kasalliklarni davolash imkonini beradi.

YouTube’dagi translyasiya davomida Mask miyasiga tanga kattaligidek (diametri 8 millimetr) keladigan implant o`rnatilgan cho`chqani namoyish etgan. «Bu xuddi chanoqqa mayda simlar o`rnatilgan Fitbit», — deya oydinlik kiritadi Mask.

«Mazkur sog`lom va baxtli cho`chqaga ikki oy oldin implant o`rnatilgan va u ajoyib ishlayapti», — deydi Mask. Uning aniqlik kiritishicha, ishtirokchilar eshitgan davriy qisqa tovushlar neyron impulslari bo`lib, cho`chqa tumshug`idan uning miyasiga bormoqda. Cho`chqa har safar nimanidir hidlaganida miyadagi qurilma impulslarni qayd etadi.

Mask bu kabi implantlar falajlikni, Alsgeymer kasalligi va telbalikni davolashiga umid qilmoqda. Shuningdek, uning hisoblashicha, implantlar insonga sun`iy intellekt bilan uyg`unlashish imkonini beradi.

Ilon Mask regulyatorlardan joriy yilda implantni inson miyasiga o`rnatish bo`yicha ruxsat olish niyatida.

    Boshqa yangiliklar