Afrikaning Uganda davlatida 10 nafar futbolchi yoshlar yashin urishi natijasida vafot etishdi. Bu haqda “LADBible” polisiya ma`lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ushbu mudhish voqea joriy yilning 27 avgust kuni 9 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan 14 nafar bola Aura shahri yaqinida futbol o`ynayotgan vaqtda sodir bo`lgan. Yashin urishi oqibatida birdanga 9 bafar bola halok bo`lgan. O`ninchi qurbon esa shifoxonaga ketayotganda jon bergan. 4 nafar bola jarohatlangan.
Mahalliy polisiyada yuz bergan voqeani “ayanchli va qayg`uli hodisa” deya baholashdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Musa Ekveruning so`zlariga ko`ra, yuz bergan voqeada muhandislar aybdor: ular bino tomiga yashinqaytargich o`rnatishi kerak bo`lgan.






