AsosiyDunyo

Qozog`iston davlat amaldorlarining xorijda bank hisoblari bo`lishi taqiqlandi

'Qozog`iston davlat amaldorlarining xorijda bank hisoblari bo`lishi taqiqlandi'ning rasmi

Qozog`iston moliya vazirligi davlat amaldorlari va ularning oila a`zolarining xorijda bank hisoblari bo`lishi taqiqlanishi haqida ma`lum qildi. Bu haqda O`z A xabar berdi.

Bu tashabbus mamlakatning keng qamrovli boyliklarni yorug`likka chiqishi ortidan korrupsiya bilan bog`liq bir nechta mashmashalar tufayli taqdim qilindi.

Moliya vaziri Erulan Jamaubaev 2 sentyabr kuni bayonot berar ekan, bu reja — o`zi boshqarayotgan muassasaning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash va moliyaviy muvofiqlashtirishni keskinlashtirish borasidagi dasturining bir qismi ekanligini aytdi.

Erulan Jamaubaevning ma`lum qilishicha, barcha bank hisoblari Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) a`zolari o`rtasida ma`mulotlarni ayirboshlash dasturi asosida tekshiriladi.

    Boshqa yangiliklar