AsosiyMadaniyat

Toshkentda «Shum bola» kinofestivali o`tkaziladi

'Toshkentda «Shum bola» kinofestivali o`tkaziladi'ning rasmi

2020 yil 3 sentyabr  kuni  "O`zbekkino" Milliy agentligida Agentlik bosh direktori  Firdavs Abduxoliqovning Toshkentdagi Gyote  instituti rahbari Janob Yan Xelfer  bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. 

Agentlik Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar joriy yilning sentyabr  oyi oxirida o`tkazilishi rejalashtirilgan «Shum bola»  nemis bolalar filmlari festivalini tashkil etishni muhokama qilishdi.

«Shum bola» kinofestivali dastlab, 2020 yilning bahoriga rejalashtirilgan edi, biroq karantin cheklovlari tufayli  noma`lum muddatga qoldirilgan.

Va  nihoyat, 21-25 sentyabr kunlari Gyote instituti "O`zbekkino" MA bilan hamkorlikda ushbu g`oyani amalga oshirishni kelishib oldi. Festival asosiy qismi institut yonidagi  “Gyote-park” da o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Uchrashuvda mazkur tadbirning mazmunli o`tishida "O`zbekkino" Milliy agentligi ham o`z hissasini qo`shishi ta`kidlandi.

Shu bilan birga, festivalda nemis bolalar filmlaridan tashqari yosh o`zbek rejissyorlarining qisqa metrajli filmlari ham namoyish etiladi.

Yana tomonlar 2020 yilning dekabr oyida nemis va o`zbek kinoijodkorlari o`rtasida mahorat darslarini o`tkazish, tajriba almashish bo`yicha ham masalalarni muhokama qilishdi.

    Boshqa yangiliklar