1

O`zbekiston fuqarolari Yakutiyaga ishga jalb etiladi

Jamiyat 04.09.2020, 11:36
O`zbekiston fuqarolari Yakutiyaga ishga jalb etiladi

O`zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarimizni ishga joylashtirish masalalari bo`yicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Rossiya Federasiyasi Saxa Respublikasining (Yakutiya) vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qilmoqda. 

Uchrashuvda ishtirokchilarga O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy ish beruvchilar talabidan kelib chiqqan holda fuqarolarning malakasini oshirish uchun kasb-hunarga o`qitish markazlari, maxsus kurslar va monomarkazlar tashkil etilayotganligi to`g`risida batafsil ma`lumotlar berildi.

Yakutiya Tashqi aloqalar va xalq ishlari vaziri G.Kirillin koronavirus pandemiyasi davrida Yakutiyada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ishlab chiqarish va boshqa ko`plab sohalarda ishchi kuchlari etishmayotgani va ularga bo`lgan talab yuqoriligi haqida so`z yuritib, O`zbekiston bilan mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Bosh konsulxona tomonidan tadbir ishtirokchilariga koronavirus pandemiyasi davrida O`zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga charter reyslar orqali olib kelish tartibi to`g`risida ma`lumot berilib, ish beruvchilarning imkoniyatlari, mehnat migrantlariga yaratib beriladigan sharoitlar, ularga qo`yiladigan talablar va ish haqi miqdori kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1