AsosiyJamiyat

Xalq ta`lim vazirligi ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

'Xalq ta`lim vazirligi ota-onalarga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

Xalq ta`limi maktab boshlanishidan avval ota onalarga alohida murojaat bilan chiqdi. 

"Hammamiz koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq ba`zi qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqdamiz. Hozirgi vaqtda bizning oldimizda bolalarimizga o`quv yilining boshlanishi bilan bog`liq mumkin bo`lgan psixologik to`siqlarni engishga bilan bog`liq muhim vazifa turibdi.  

Ta`lim ikki xil shakda bo`lishini inobatga olsak, kkki holatda ham bolalar qo`llab-quvvatlashga muhtoj bo`ladi. Birinchi holda, uning sinfdoshlari odatdagidek maktabga borishi bilan bog`liq, boshqa holatda, bolaning yaqin do`sti masofadan turib o`qishi. Noqulaylikning bunday sabablari juda ko`p.

Siz bilan bizning vazifamiz bolaga qiyin inqiroz holatida yordam berishdir.

Ota-onalar, bolalarning yaqinlari, uyda bo`lganlarida, bolaga qiyin vaziyatlarni engish, ularga qarshi kurashish ko`nikmalarini singdirishi va mumkin bo`lgan stressni engishga o`rgatishi mumkin.  

Buning uchun ota-onalarga quyidagilar kerak:

  • Oilada qulay, xotirjam va xayrixoh muhitni saqlash va rivojlantirish. Qiyin vaziyatlarda vahima qo`zg`amaslik havotirga tushmaslik, "qora chiziq har doim oq bilan almashishini" yodda tutish kerak. Oila a`zolarining xayrixohligi va xotirjamligi bolaga ishonch berish va vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.
  • Muntazam ravishda farzandingiz bilan uning hissiyotlari, havotirlari bilan bog`liq mavzularda suhbatlashing. Yaqin va uzoq kelajakni muhokama qilishni unutmang. Farzandingiz bilan suhbatlashib uning kelajak istiqbollarini yaratishga harakat qiling (lekin majburan emas).  
  • O`zingizning tajribalaringiz, fikrlaringiz bilan o`rtoqlashing, hayotis voqealarni aytib bering, shu jumladan o`zingiz va do`stlaringiz qiyin hayotiy vaziyatlarni engib o`tganingiz haqida.
  • Oddiy yurakdan suhbat bolada o`ziga ishonch tuyg`usini ortishiga olib kelishi mumkin. Hamdard bo`ling, hozir unga qanchalik qiyinligini tushunishingizni ayting. Ota-onasining ko`magi va hamdardligini his qilgan bolalar stressni muvaffaqiyatli engadi.
  • Bolani o`z his-tuyg`ularini ijtimoiy maqbul shakllarda ifoda etishga o`rgating (tajovuzni - faol sport turlari, uyda yoki ko`chada o`tkazilishi mumkin bo`lgan jismoniy mashqlar; havotirlarini – yaqinlari bilan suhbat orqali).  
  • Bola (ayniqsa, o`spirin) uchun ko`pincha o`z tajribalarini ota-onalari yoki tengdoshlari bilan baham ko`rish qiyin kechadi. Shu maqsadda bolangizni daftar ochishga taklif qiling, unda u o`z havotirlari haqida yozadi. Hissiyotlarni qog`ozga tushirgandan so`ng, u mumkin bo`lgan salbiy fikrlardan xalos bo`lib, engillashadi.

    Boshqa yangiliklar