Ma`lumotlarga ko`ra, 2019 yilda O`zbekistonda 6 million 748 ming chet el fuqarosi kelgan, bu ko`rsatkichni 2018 yilga solishtirganda 26 foizga ko`pni tashkil qiladi.
2019 yilda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 305 nafar chet el fuqarosiga lisenziya berildi. 5 130 nafar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning nikohi qayd etildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan 2019 yilda 1 million 615 ming nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ro`yxatga qo`yilgan.
Chet el fuqarolarining qonun yoki qonunosti hujjatlarini buzishga bo`lgan statistikasiga ko`ra, 2018 yilda 7746 nafar chet el fuqarosi O`zbekistonda bo`lish qoidasini buzgan bo`lsa, 2019 yilda esa 7762 nafarni tashkil etdi. 2020 yilning dastlabki 6 oyida bu ko`rsatkich 1008 nafar bo`lib, qoida buzilish holatlari sezilarli kamaygan.






