AsosiyJamiyat

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bo`yicha qanday ishlar olib borilmoqda?

'Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bo`yicha qanday ishlar olib borilmoqda?'ning rasmi

Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifingda javob berildi.

—  Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi  vaksina ishlab chiqarish bo`yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bir necha vaksina kompaniyalari klinik tajribalarning final (3) bosqichida. O`zbekistonga Xitoyda ishlab chiqarilgan uchta vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovini hamkorlikda o`tkazish bo`yicha  takliflar kelib tushgan.

Xitoy ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan muzokaralarda vaksina klinik tajribalarining uchinchi bosqichini O`zbekistonda o`tkazish taklifi berildi.  Vaksinani etkazish, ko`ngillilarning tibbiy va laboratoriyaviy tekshiruvi, shuningdek, tadqiqot bilan bog`liq boshqa xarajatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

COVID-19  pandemiyasiga global yondashish maqsadida JSST, GAVI (Vaksina va immunizasizasiya bo`yicha global alyans), shuningdek CEPI (Epidemiyaga tayyorgarlikni ta`minlash sohasidagi innovasiyalar Koalisiya) barcha mamlakat hukumatlarini COVAX  ta`siri -  COVID-19 ga qarshi vaksina ma`lumotlarini hamma ko`rishini ta`minlash mexanizmi bo`yicha maslahatlashuvda ishtirok etish uchun taklif qilishdi.

Vaksina muvaffaqiyatli ishlab chiqarilganda COVAX–mexanizmida ishtirok etgan davlat hukumatlari, jumladan O`zbekiston ham  20 foiz aholini emlash uchun etarli miqdorda vaksina olish bo`yicha kafolatlangan shartnomaga ega bo`lishadi.

    Boshqa yangiliklar