AsosiyJamiyat

XTV o`quv yili boshida ayrim fanlarni vaqtinchalik o`tilmasligini tavsiya qildi

'XTV o`quv yili boshida ayrim fanlarni vaqtinchalik o`tilmasligini tavsiya qildi'ning rasmi

Xalq ta`lim vazirligi o`quvchilarning sog`ligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida, o`quv yili boshida vaqtinchalik o`tilishi tavsiya etilmaydigan fanlar quyidagilar:  

  • jismoniy tarbiya;  
  • chaqiriqqa qadar boshlang`ich harbiy tayyorgarlik;  
  • musiqa madaniyati;  
  • tasviriy san`at va chizmachilik;  
  • texnologiya;  
  • tarbiya fanlari.

 Ushbu fanlar masofaviy ta`lim shaklidagi televizion darslar orqali  o`zlashtirib boriladi.  

Shuni a`lohida ta`kidlash kerakki, mazkur fanlardan dars berayotgan o`qituvchilarning oylik ish haqi to`liq saqlab qolinadi va ular maktabdagi o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bog`liq tashkiliy masalalarga jalb etiladi.

    Boshqa yangiliklar