2020 yil 4 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 998 (+95) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 8 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida hamda 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 52 yoshli T.X. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 42 yoshli B.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 89 nafar, Toshkent viloyatida 81 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Namangan viloyatida 12 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 40 392 (+216) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 268 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






