AsosiyJamiyat

Senatning ettinchi yalpi majlisi 11 sentyabr kuni bo`ladi. Unda qanday masalalar ko`rib chiqilishi ma`lum qilindi

'Senatning ettinchi yalpi majlisi 11 sentyabr kuni bo`ladi. Unda  qanday masalalar ko`rib chiqilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

2020 yil 4 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Uni parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ettinchi yalpi majlisini 2020 yil 11 sentyabr kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi. 

Videokonferensaloqa tarzida o`tkaziladigan yalpi majlisda quyidagi masalalar ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan: 

  • “Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi,;
  • “Xalqaro tijorat arbitraji to`g`risida”gi;
  •  “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to`g`risida”gi;
  •  “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi;
  • “Qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan erlardan va o`rmon fondi erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi;
  •  “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

 

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi moliya vazirining O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to`g`risidagi axboroti ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ko`rilayotgan choralar holati haqida hamda O`zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovlari yuborish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan, deyiladi Senat xabarida. 

 

    Boshqa yangiliklar