1

"Santa-Barbara" seriali aktyori Piter Likassi o`z joniga qasd qildi

Dunyo 04.09.2020, 20:08
"Santa-Barbara" seriali aktyori Piter Likassi o`z joniga qasd qildi

"Santa-Barbara" serialida rol o`ynagan aktyor Piter Likassi o`z joniga qasd qildi. Bu haqda uning do`sti Maykl Sigel ma`lum qildi, deb yozmoqda manbalarga tayanib iz.ru. 

Mayklning so`zlariga ko`ra, aktyor 27 avgust kuni vafot etgan. "Piter Likassi depressiya bilan kurashda yutqazdi va o`z joniga qasd qildi, deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha Piter ko`p yillar davomida ruhiy tushkunlik bilan kurashgan, o`z-o`zini yakkalagan holda hayot kechirgan. 

Sigel do`stini quvnoq va iqtidorli inson sifatida eslaydi, 16 yil davomida sahnada u bilan yonma-yon ishlash baxtiga muyassar bo`lganini ta`kidlaydi.

Likassi 1959 yilda tug`ilgan bo`lib, 1984 yilda ilk bor ekranga chiqqan. 1989 yilda "Santa-Barbara" serialida epizod rolni ijro etgan. Un "Koinotdagi qotil masxarabozlar" filmidagi muzqaymoqchi roli orqali muxlislar e`tiborini qozongan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1