1

O`zbekistonda koronavius qayd etilganlar soni 43 ming nafardan oshdi

Jamiyat 04.09.2020, 23:57
O`zbekistonda koronavius qayd etilganlar soni 43 ming nafardan oshdi

2020 yil 4 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 075 (+77) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Toshkent viloyatida hamda 3 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Sergeli tumanida yashagan 58 yoshli F.E. (ayol) vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent viloyatida 107 nafar, Toshkent shahrida 89 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Namangan viloyatida 12 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Navoiy viloyatida ham 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, Farg`ona viloyatida 6 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 40 432 (+256) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 304 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1