1

Xorijiy OTMlardan respublika OTMlariga o`qishini ko`chirishga ariza topshirgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot havola etildi

Jamiyat 05.09.2020, 00:13
Xorijiy OTMlardan respublika OTMlariga o`qishini ko`chirishga ariza topshirgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumot havola etildi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanalida xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish yuzasidan ariza topshirgan fuqarolar diqqatiga muhim ma`lumotlar taqdim etildi:

"O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 3-son majlis bayoni qaroriga muvofiq:

xorijiy oliy ta`lim muassasalari va respublikadagi nodavlat oliy ta`lim muassasalaridan o`qishini respublika oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish va ko`chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar respublika oliy ta`lim muassasalarida ta`lim oladigan o`qitish tili, muayyan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish fanlari bo`yicha maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab grafik asosida adolatli va shaffof o`tkazilishi tashkil etiladi. Bunda:

 maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) 2020/2021 o`quv yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan respublika oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari fanlar majmuasi (kirish imtihoni dasturlari) hamda baholash mezonlariga muvofiq o`tkaziladi;

alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga talabalar o`qishini ko`chirish va ko`chirib qayta tiklash uchun ariza topshirgan fuqarolar tegishli oliy ta`lim muassasasiga murojaat qiladi;

xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan talabalar o`qishini respublika oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish va ko`chirib qayta tiklash uchun maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) adolatli va shaffof o`tkazilishi hamda ularning natijalari bo`yicha o`tish balini belgilash yuzasidan shaxsiy mas`uliyat tizimida oliy ta`lim muassasalari bo`lgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi.

Davlat komissiyasi bayoni qarori bilan:

xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan o`qishini ko`chirish istagini bildirgan fuqarolarning pasportlarida muayyan xorijiy oliy ta`lim muassasasi joylashgan davlatga o`qish davriga mos muddatda kirish-chiqish belgilari bo`lmagan taqdirda ularning o`qishini ko`chirishga ruxsat berilmasligi belgilab qo`yildi", deyiladi vazirlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1